AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" jamoasi "Silkroad Innovation Hub" vakillari bilan uchrashdi

2024-06-15 14:41

"AloqaVentures" jamoasi "Silkroad Innovation Hub" vakillari bilan uchrashdi

“AloqaVentures” jamoasi Yevroosiyo startaplarni Kremniy vodiysida (Silicon Valley) birlashtirayotgan va ularni qoʻllab quvvatlayotgan hamkorimiz "Silkroad Innovation Hub" vakillari bilan uchrashdi.
Hozirda ushbu hab oʻzida 45 dan ortiq rezidentlarni, 800 dan ortiq aʼzolarni birlashtirgan hamda startaplarga hozirgacha 20 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishga yordam bergan.
Shu o’rinda “AloqaVentures” portfelidagi startaplarni AQSh bozoriga kirishini qoʻllab quvvatlash hamda O'zbekistonlik startap asoschilarini habga jalb qilish boʻyicha hamkorlikni jadallashtirishga kelishildi.