“AloqaVentures” venchur fondi BILLZ startapiga investitsiya kiritdi
2023-10-24 08:48
“AloqaVentures” venchur fondi savdo nuqtalari boshqaruvini avtomatlashtirish tizimi - BILLZ startapiga investitsiya kiritdi.
BILLZ - chakana savdo do'konlari boshqaruvini optimal ravishda avtomatlashtirish, jarayonlarni soddalashtirish va tahlil vositalarini jamlashtirgan dastur hisoblanadi.
Dastur mijozlari uchun keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi:
CRM;
Moliyaviy instrumentlar va hisobotlar;
Marketing;
Omborxona boshqaruvi;
Mijozlar tahlili.
Billz tizimidan Markaziy Osiyodagi 1800 dan ortiq savdo do'konlarida foydalaniladi.