"AloqaVentures" venchur fondi tashqi reklama marketpleysi - GEOMOTIVE startapiga investitsiya kiritdi
2023-12-28 10:19
GEOMOTIVE - bu marketpleys bo'lib, u orqali LED ekranlarda (Digital Out of Home) marketing kampaniyalarini boshlash va boshqarish mumkin.
GEOMOTIVE o'z hamkorlari uchun quyidagi keng imkoniyatlarni taklif etadi: ☑️Geomotive shaxsiy akkauntingizda reklama kampaniyalarini oddiy va tushunarli usulda ishga tushirish ☑️interfeys orqali kontentni tizimga yuklash ☑️reklama kampaniyasini to'liq nazorat qilish ☑️barcha LED ekranlar uchun bitta oyna ☑️to'liq va shaffof hisobot
DSP GEOMOTIVE reklama kampaniyalarini yanada samarali rejalashtirish va baholash uchun shahar auditoriyasini o'rganish yechimi bo'lgan METER bilan integratsiya qilingan.
🪧 GEOMOTIVE ekotizimi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida ishlaydi va interfeys bir nechta tillarda mavjud.