AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"Digital Uzbekistan" xalqaro PLUS-Forumi

2024-06-14 14:38

"Digital Uzbekistan" xalqaro PLUS-Forumi

12-13-iyun kunlari “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-Forumi bo’lib o’tdi.
Forumda “FinTech” va riteyl sohasidagi startaplar, bank va to’lov tizimlari mutaxassislari hamda venchur fondlari ishtorik etdi. Shuningdek, forumda ushbu sohalarga oid ko’plab innovatsion va texnologik yechimlar, yangi turdagi moliya xizmatlari hamda iqtisod sohasidagi boshqa yangiliklar taqdim etildi.

Forum davomida “AloqaVentures” jamoasi davra suhbatlari va spikerlar chiqishlarida ishtirok etib, xalqaro mutaxassislar va ekspertlar bilan O‘zbekistondagi venchur kapital bozorining bugungi holatini muhokama qilib, o'zaro tajriba almashdilar.