AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" Fondning 2024-yildagi yutuqlari va investitsiyalari

"AloqaVentures" Fondning 2024-yildagi yutuqlari va investitsiyalari

Oʻzbekistonning yetakchi venchur fondi – “AloqaVentures” mintaqaviy startap ekotizimida o'z pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda. Ushbu hisobotda "AloqaVentures" venchur fondining soʻnggi investitsiyalari, yutuqlari va strategik hamkorliklari haqida umumiy maʼlumot hamda fondning Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyotida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishdagi roli haqida ma'lumot berilgan.

O’zbekiston venchur bozori ham mos ravishda jadallik bilan o’sib bormoqda. Bunga misol qilib 2024-yil boshidan beri milliy venchur fondlarining umumiy sarmoya miqdori 6 million AQSh dollaridan oshganini ko’rsatish mumkin. O’zbek venchur fondlari uchun nafaqat milliy startaplar, balki, Qozog’iston, Ozarbayjon, Gruziya va Markaziy Yevrosiyo mintaqasidagi har qanday innovatsion startap loyihalari ham katta qiziqish uyg’otmoqda. Shu jumladan, 2024-yilning hozirgi davrigacha “AloqaVentures” venchur fondi ham 3 ta xorijiy startapga investitsiya kiritdi.
Shuningdek, O’zbekiston startap ekotizimida yana bir yo’nalish vakillari – “Angel Investor”lar paydo bo’lganini ham ta'kidlash lozim. Bu o’z navbatida mamlakatimizda startaplarga qiziqish qay darajada oshayotganini ko’rsatadi.
Portfel
2024-yil oktyabr holatiga koʻra, "AloqaVentures" portfeli 29 ta startapga oʻsgani fondning turli sohalarda yuqori salohiyatli loyihalarni qo'llab-quvvatlashini yana bir bor ko'rsatdi. Portfeldagi yangi startaplar sun'iy intellekt, FinTex, logistika, avtomatlashtirish va transport texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion yechimlarni taqdim etishga qaratilgan.
Investitsiyalar
PLATMA – ish jarayonlarini soddalashtirish, bek-ofis vazifalarini avtomatlashtirish va texnik dasturlash xarajatlari va vaqtni keskin qisqartirish uchun turli xil ilovalarni noldan yaratish imkonini beradi.

Royal Taxi — AloqaVentures mahalliy taksi aggregatori bo’lgan RoyalTaxi bilan hamkorlik qilish orqali mobillik sohasidagi oʻz o’rnini kengaytirdi. ICTWEEK Uzbekistan 2024 doirasida imzolangan investitsiya shartnomasi RoyalTaxi kompaniyasining texnologik imkoniyatlarini mustahkamlashini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa mahalliy bozordagi boshqa shu kabi servislar bilan yanada samarali raqobatlashish va foydalanuvchilar bazasini kengaytirish imkonini beradi.

Delever — bu innovatsion platforma bo'lib, bizneslarga to'g'ridan-to'g'ri isteʼmolchiga sotish kanallarini (D2C) kengaytirish va yetkazib berish hamda buyurtmalarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.

Jobster — Ishchilar yollash jarayonini tezlashtirish va avtomatlashtirish orqali eng yaxshi ishchilarni xarajatlarni qisqartirgan holda yollashga mo'ljallangan bulutli boshqaruv tizimi.

Push30 — trenajor zallari, basseynlar, pilates, yoga va boshqa ko’plab turdagi sport mashg’ulotlariga qatnashish uchun cheksiz imkoniyat beruvchi platforma bo’lib Ozarbayjonda 250 dan ortiq va Toshkentda 150 dan ortiq sport markazlarini o’z ichiga oladi.

Zip24 — pochta va elektron tijorat sohasida logistikani, taʼminot zanjirini va buyurtmani mijozgacha yetkazib berish boʻyicha xizmatlarini boshqarish SaaS B2B tizimi.

PointAI— mijozlarga xizmat ko'rsatish operatsiyalarini sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirish, xizmat sifatini oshirish va katta hajmdagi murakkab vazifalarni qisqa muddat ichida bajarishga yordam beradi. Bu javob vaqtini qisqartirishga, mijozlar so'rovlarini qayta ishlashda aniqlik va samaradorlikni oshirishda katta ahamiyatga ega.
Fond yutuqlari
2024-yil "AloqaVentures" uchun samarali va muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Yanvar oyida IT Park Uzbekistan va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan "O‘zbekistonning Venchur Katalizatori" nominatsiyasi g’olibi bo‘lish ham fondning startap ekotizimida katta o’ringa egaligi va to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko’rsatadi.
Mintaqamizda startaplarni qo’llab-quvvatlash, o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda ularni yangi bozorlarga olib chiqishda zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash “AloqaVentures” venchur fondi strategiyasining asosiy qismi hisoblanadi.
Shu o’rinda, “AloqaVentures” ActivatVC, Domino Ventures xalqaro venchur fondlari hamda “Startup Garage”, “Swift Launch”, “Sarmo Labs” va “Silkroad Innovation hub” kabi akseleratsiya va inkubatsiya loyihalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Ushbu hamkorlik fondning portfel startaplariga global miqyosda o’sishi, xorijiy fondlardan investitsiya jalb qilish hamda strategik hamkorliklarni yo’lga qo’yishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Vision
“AloqaVenutres” venchur fondi endilikda nafaqat o’z portfelini kengaytirish balki venchur fondlari muvaffaqiyatining asosiy ko’rsatgichi bo’lgan “exit” ya’ni loyihalardan muvafaqqiyatli chiqish strategiyalari ustida ham ish boshlagan.

Fond O’zbekiston va Markaziy Yevrosiyoda dinamik va moslashuvchan startap ekotizimi rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib, mintaqada venchur kapitaliga asoslangan o’zgarishlarni amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilgan.