AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

Google Cloud ofisiga tashrif

2024-06-21 14:44

Google Cloud ofisiga tashrif

"AloqaVentures" vakillari Kremniy Vodiysiga (Silicon Valley) tashrifi davomida Google Cloud ofisiga tashrif buyuridi.
Google kompaniyasida Data Science yo'nalishida ishlovchi hamyurtimiz Saidakbar Pardayev hamrohligida Google kompaniyasida ishchilarga yaratilgan imkoniyatlar, innovatsion loyihalar hamda Google Cloud faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Haqiqatan Google kompaniyasi xodimlarga yuqori darajada e'tibor qaratar ekan, xodimlarga asosiy talab bu oʻz vazifasini vaqtida va kretivlik bilan bajarish ekan. Buning uchun esa barcha imkoniyat va qulaylikar yaratilgan.
Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, Google kompaniyasi ham aynan startap sifatida tashkil etilgan va hozirda dunyodagi eng muvafaqqiyatli startap keysiga ega. Kompaniya 2004-yilda 24 milliard dollar miqdoridagi baholash bilan IPO ga chiqqan va hozirgi kunda Google 2.19 trillion dollarga baholanadi.