Early - bu Pre-Seed, Seed, Angel investor, A- raundini o'z ichiga oladi.
Late - B-bosqich va undan keyingi barcha bosqichlar kechki davr hisoblanib, ular harflarga ajratilgan (B raund, C raund, D raund va boshqalar).
G'oya dastlabki bosqichlariga to’g’ri keladigan investitsiya davri bo’lib, gipotezani sinab ko'rish, MVP (minimal hayotiy mahsulot)ni ishlab chiqish va ishga tushirishlarni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda moliyalashtirish manbai ko'pincha ta'sischilarning shaxsiy jamg'armalari, shuningdek, qarindoshlari, do'stlari, hamfikrlari (FFF triadasi - Friends, Fools, Family deb ataladigan) mablag'lari hisoblanadi.
Startapni moliyalashtirish jarayoni analitikadan boshlanadi: mahsulot, unga bo‘lgan talab, bozor hajmi, moliyaviy ko‘rsatkichlar yoki ularning prognozlari, jamoaning malaka va tajribasi, boshqaruv darajasi, risklar va boshqa omillar baholanadi. Kerakli sarmoya turini tanlash, investor turi (biznes angellari, akselerator, venchur fondi va boshqalar), kompaniya talab qiladigan miqdorni aniqlash kabi muhim jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Har bir yangi bosqichda investitsiya miqdori oshib boradi.
Startap olamida investitsion raundlar 'Pre-Seed' bosqichidan boshlanadi. Bu bosqich eng qiyin hisoblanadi, chunki u startapning biznes modelini sinovdan o'tkazish, prognozlarning real natijalarga muvofiqlik darajasini tahlil qilishni o'z ichiga oladi.
Investitsiya kiritish to'g'risida qaror qabul qilish jarayonida mahsulotga bo'lgan talab, bozor hajmi, biznes strategiyasining samaradorligi, jamoaning professionallik darajasi, uning munosabati va ambitsiyalari baholanadi. Moliyaviy model tahlil qilinadi, u mavjud ma'lumotlar, startapni rivojlantirish prognozlari, bozor segmentining potensiali va xuddi shu sohadagi o'xshash kompaniyalarning ko'rsatkichlari sinchkovlik bilan o’rganiladi.
Akseleratsiya - bu murabbiylik, trening, moliyaviy va ekspert yordami orqali startapni intensiv rivojlantirish dasturi.
Inkubatsiya - bu startaplar faoliyatining dastlabki bosqichida qo'llab-quvvatlash uchun yaratilgan dastur hisoblanadi. Inkubatsiya dasturlari startaplarga imtiyozli shartlar asosida binolarni ijaraga beradi, shuningdek, maslahat, moliyaviy va yuridik yordam ko‘rsatadi.
Biz bilan bog'lanish:
+998 (95) 362-07-07 info@aloqaventures.uz
Uzbekistan, Tashkent, Tepa Masjid Avenue, 4/1, 100077 Biz IT-Park Mirzo-Ulug'bek filiali hududida, Aloqa bank binosida joylashganmiz.