"AloqaVentures" fondi Beautify.uz startapiga sarmoya kiritdi

"AloqaVentures" fondi Beautify.uz startapiga sarmoya kiritdi
Beautify.uz go'zallik ustalar ishlari fotosuratlari agregatori sifatida ishlaydi, bu orqali mijozlar go'zallik ustasining profiliga o‘tishlari, uning tarjimai holi, joylashuvi bilan tanishishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan parametrlar bo‘yicha qidirish orqali kerakli mutaxassisni topishlari mumkin bo'ladi
Beautify.uz platformasida go‘zallik ustalari quyidagi imtiyozlarga ega:
-mutaxassis ish jadvaliga ulangan onlayn bron qilish tizimi
-yangi mijozlarni jalb qilish
-oldindan to‘lov qilingan tashrifni kafolati.
Beautify.uz platformasi foydalanuvchilari quyidagi afzalliklarga ega:
-mutaxassis joylashuvi, bo‘sh vaqti, xizmat narxi va sifati bo‘yicha qidirish
- bo‘sh vaqti
-xizmat narxi
-sifati bo‘yicha qidirish
-protseduraga yozilish
-mutaxassis xizmatlarini to‘lash uchun xizmatdan kredit yoki bo‘lib to‘lash uchun qarz olish.
Bugungi kunda Beautify.uz platformasida1 000 dan ortiq foydalanuvchilarga 1 000 ga yaqin go'zallik ustalari xizmat qilib kelishmoqda.