“AloqaVentures” venchur fondi Central Eurasian venchur forumida (CEVF)

“AloqaVentures” venchur fondi Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan CEVF 2023 startaplar va startap ekosistemasidagi forumda ishtirok etdi. Tadbirda Markaziy Yevroosiyo mintaqalaridagi venchur fondlar, investorlar va innovatorlar o‘zaro fikr va tajriba almashish, hamkorlik va biznes uchun yangi imkoniyatlarini ochish uchun tashrif buyurdi.
CEVFda startaplarga o’z g‘oyalarini namoyish etish va investorlarni jalb qilishga yaratilgan sharoitlar bizga yangi startaplar bilan tanishish va investitsiya kiritish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi.
CEVFda ishtirokimiz davomida “CodiPlay” (dasturlashni o'rganish uchun mobil platforma) va “HeroStudy” (EdTech ERP tizimlari) kabi bir nechta qiziqarli va katta salohiyatga ega startaplar bilan tanishdik va hamkorlik haqida kelishishdik.
CEVF venchur olamida yangi hamkorlar topish, tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi. Forum davomida jamoamiz davra suhbatlari, workshop va turli ko’rgazmalarda qatnashish, bir qancha yetakchi venchur fondlari bilan aloqa o’rnatish imkoniga ega boʻldi.