"AloqaVentures" fondi sunʼiy intellektga asoslangan video kuzatuv va analitik monitoring xizmat platformasi boʻlgan "Cradle" startapiga sarmoya kiritdi.

"AloqaVentures" fondi sunʼiy intellektga asoslangan video kuzatuv va analitik monitoring xizmat platformasi boʻlgan "Cradle" startapiga sarmoya kiritdi.
Ushbu texnologiya chakana savdo, bank ishi, ogʻir va yengil sanoat, sogʻliqni saqlash, taʼlim, telekommunikatsiya kabi sohalarda qoʻllaniladi.
Mazkur platformadan foydalanish isteʼmolchiga koʻrsatilayotgan xizmat sifati va tezligini oshirish bilan bir qatorda quyidagi afzalliklar yaratadi:
- Mijozlarga pasport va boshqa hujjatlarsiz xizmat koʻrsatish imkonini beradi;
- Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishi kuzatiladi;
- Ortiqcha navbatlarning oldi olinadi;
- Unutib qoldirilgan buyumlarni tezroq topishda yordam beradi;
- Mijozlar xavfsizligi taʼminlanadi. "Cradle" yuzni tanish texnologiyasi yordamida odamlar sonini tahlil qilib, uni nazorat qiladi va bu orqali kompaniya daromadining oʻsishiga hissa qoʻshadi.