“AloqaVentures” venchur fondi “Didox.uz+” startapiga investitsiya kiritdi

AloqaVentures” venchur fondi “FinTech” yo’nalishidagi “Didox.uz+" startapiga 175 000 AQSH dollar investitsiya kiritdi.
“Didox.uz+” – hujjatlar almashinuvi, moliyaviy nazorat va savdoni optimallashtirishga ixtisoslashgan FinTech startapi hisoblanadi. Hozirda “Didox.uz+” 250 000 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan, O'zbekistondagi eng yirik va ommabop raqamli hujjatlar almashinuvi tizimi hisoblanadi.
Startap pullik va bepul tartibdagi moliya, savdo va bank ishi bo'yicha keng ko'lamli xizmatlarni taqdim etadi. Mijozlar savdo shartnomalari, tovar va xizmat xaridi uchun e’lon yaratishlari mumkin hamda ushbu e’lonlar barcha "Didox.uz+" foydalanuvchilariga yuboriladi.
Didox.uz+" biznesini rovojlantirish va yangi bozorlarga chiqishni istaganlar uchun biznes jarayorlani avtomatlashtirishdagi eng optimal platformadir.