AloqaVentures ICT WEEK UZBEKISTAN 2022 da ishtirok etadi

image_2022-12-05_19-16-52

24-26 oktyabr kunlari Samarqanda IT sohasidagi nufuzli tadbirlardan biri ICT WEEK UZBEKISTAN 2022 bo‘lib o‘tadi

Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 o‘zida bir qator tadbirlarni mujassam etadi:

— ICTEXPO ko‘rgazmasi

— Sammitlar

— Forumlar

— Seminarlar

— Sessiyalar

ICT WEEK asosiy vazifasi — tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish uchun platforma yaratishdir. Bundan tashqari, bu O‘zbekiston IT-bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini, davlat, kompaniyalar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni namoyish etish uchun ideal maydondir.

AloqaVentures ICT week Uzbekistan 2022 sammitida o‘zining investitsiya portfelidagi startap loyihalar bilan ishtirok etadi.