AloqaVentures investitsiya portfelining stratap loyihasi - zypl.ai sun’iy intellektni (AI) keng miqyosda joriy qilish uchun 1,1 million dollar investitsiya to‘plab, pre-seed bosqichni yakunladi.

AloqaVentures investitsiya portfelining stratap loyihasi - zypl.ai sun’iy intellektni (AI) keng miqyosda joriy qilish uchun 1,1 million dollar investitsiya to‘plab, pre-seed bosqichni yakunladi.
Shuningdek, zypl.ai o‘z geografiyani MENA mamlakatlari bozoriga kirish orqali kengaytirishni rejalashtirmoqda.Bugungi kunda, loyiha Markaziy Osiyoning 4 ta hududida bo‘lgan, 8 ta tashkilotda joriy qilingan hamda kichik biznes va jismoniy shaxslarga 9 million AQSH dollaridan ortiq kreditlar berildi.
zypl.ai asoschisi Azizjon Azimi “Joriy yil boshida birinchi daromad olingandan boshlab, bizda oylik o‘sish sur’ati o‘rtacha 25 foizdan oshdi hamda loyiha sentyabr oyida moliyaviy zararsizlik nuqtasiga chiqdi.” deb ta’kidladi.
Joriy yil sentyabr oyida Zypl.ai ning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi IT Park rezidenti maqomini oldi.
IT Park rezidentlari 2028 yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan to’liq ozod qilinadi.