Aloqaventures jamoasi xalqaro sammitda ishtirok etdi

Aloqaventures venchur fondi 2023 yil 25-26 aprel kunlari Future Laboratory tomonidan International Telecommunication Union (ITU) bilan hamkorlikda Gruziyada tashkil etilgan xalqaro "Startup Central Eurasia Venture Summit 2023" venchur sammitida ishtirok etdi.
Ushbu sammit sakkiz mamlakatdan venchur fondlarni jalb qilib, mintaqaviy startap ekotizimi uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi.
Sammitning asosiy natijasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada venchur shartnomalar miqdorini oshirish hamda hamkorkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan Markaziy Yevroosiyo venchur klubining tashkil etilishi boʼldi.
Aloqaventures tomonidan "Startup Central Eurasia Venture Summit 2023" doirasida xalqaro kompaniyalar va venchur fondlari bilan hamkorlik doirasida memorandumlar imzolandi.