“AloqaVentures” venchur fondi “MohirDev” startapiga investitsiya kiritdi

photo_2023-06-19_16-25-24

“AloqaVentures” venchur fondi “MohirDev” startapiga investitsiya kiritdi

“AloqaVentures” venchur fondi “EdTech” yo’nalishidagi “MohirDev” startapiga 250 000 AQSH dollar investitsiya kiritdi.

“MohirDev” — 2021-yilda tashkil etilgan bo’lib Axborot Texnologiyalari (AT) boʻyicha onlayn kurslarni taqdim etuvchi "EdTech" startapi hisoblanadi. “MohirDev” startapi 50 000 dan ortiq o’quvchilarga ega bo’lib, O’zbekistonning eng yetakchi onlayn platformasi hisoblanadi.

Platforma o’z ichiga sun’iy intellekt, veb dasturlash, mobil dasturlash, dizayn va ko'plab boshqa yo'nalishdagi kurslarni oladi. Barcha kurslar o'z sohalarida yetuk tarjibaga ega bo'lgan mutaxassislar tomonidan tuzilgan.

“Mohirdev” joriy yilda kurslar sonini 30 taga ko'paytirishni, foydalanuvchilar qamrovini kengaytirishni maqsad qilgan.

“MohirDev” xoh boshlangʻich, xoh tajribali mutaxassis boʻlsin, axborot texnologiyalari sohalaridagi oʻz koʻnikmalarini rivojlantirishga intilayotgan har bir kishi uchun ajoyib tanlovdir.