AloqaVentures fondi sun’iy intellekt dasturiy ta'minotini ishlab chiqish bo'yicha zypl.ai kompaniyasining investorlaridan biriga aylandi.

Zypl.ai ning maqsadi iqtisodiyotning turli sohalarida AI dasturiy ta'minotini ishlab chiqaradigan virtual "Sun'iy intellekt zavodi"ni shakllantirishdan iborat.
AloqaVentures mablag‘lari zypl.ai’ga Toshkentda sun’iy intellekt laboratoriyasini ochish va o‘z mahsulotlarini kengaytirish uchun O‘zbekiston bozoriga ustuvor ahamiyat berish imkonini beradi.
Joriy raundda zypl.ai hamkor investorlari:
▪️AQSh fondi Battery Road Digital
▪️Singapurning Argo's Quest
▪️Qozog‘istonning Activat
▪️BAA, Singapur va Qozog‘istonning biznes- angellar guruhi,
umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etdi.