"AloqaVentures" venchur fondi “Silicon Valley” sammitida

"AloqaVentures" venchur fondi Plug and Play xalqaro akseleratori tomonidan tashkil etilayotgan “Silicon Valley” sammitida ishtirok etmoqda. "Kremniy vodiysi"da (Sanniveyl, Kaliforniya, AQSH) bo'lib o'tayotgan 3 kunlik tadbir davomida biz turli davlatlardan kelgan startaplar va investorlar bilan uchrashib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Shuningdek, sammit davomida 145 dan ortiq yangi startaplar taqdim etilib, turli sohalardagi rivojlanish, zamonaviy trendlar, texnologiya va innovatsiyalar haqida suhbatlar bo’lib o’tmoqda.