Kremniy Vodiysining kompaniyasidan biri bilan uchrashuv

plug and play

Plug and Play – startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitetlar va Davlat idoralarini birlashtiruvchi yetakchi innovatsion platformadir. Kompaniya 5 ta qit'ada 40 dan ortiq joyda faoliyat yuritadi va bosh ofisi Silikon vodiysida joylashgan.

Dropbox, Guardant Health, Honey, Lending Club, N26, PayPal va Rappi kabi yuzlab muvaffaqiyatli kompaniyalarga sarmoya kiritgan.

Uchrashuv davomida tomonlarimiz “Plug and Play” kompaniyasi faoliyati, boshqa mamlakatlarda ko‘rsatayotgan xizmatlari bilan yaqindan tanishdi.

Jamg‘arma vakillari bugungi kunda amalga oshirilayotgan faoliyat va jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilayotgan yo‘nalishlar, shuningdek, AloqaTechLab’ning joriy inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida so‘zlab berdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldilar:

• O‘zbekiston Respublikasida startap ekotizimini rivojlantirish,

• milliy startap loyihalarga sarmoya kiritish uchun hamkorlarni jalb qilish,

• milliy startap loyihalarni xalqaro bozorga olib chiqish.