AloqaVentures tomonidan yana bir kelishuv amalga oshirildi.

Bu safar fond birjasida savdo qilish imkonini beruvchi innovatsion «JETT » (ООО «Multibroker») loyihasiga sarmoya kiritdi.
Xizmat O‘zbekiston fond bozori bilan ishlash bo’yicha birinchi mobil ilova bo‘lib, quyidagi imkoniyatlarni beradi:
▪️ brokerlik hisobini ochish uchun ariza berish;
▪️ brokerlik hisobvarag‘idan bank kartasiga depozit qo‘yish va pul yechib olish;
▪️ birja kotirovkalari, ayirboshlash stakan, kompaniya yangiliklarini ko'rish;
▪️ aksiyalarni sotish va sotib olish;
▪️ portfeldagi aksiyalarning o'sishi/pasayishini tahlil qilish.