Plug and Playning O'zbekistongi rasmiy ofisi ochilish marosimi o'tkazildi

Церемония открытия официального офиса Plug and Play в Узбекистане.

2023-yilning 6-may kuni “AloqaVentures” venchur fondi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park va Plug and Play kompaniyasi hamkorligida “Plug and Play Uzbekistan” ofisining ochilish marosimi bo‘lib o'tdi.

Ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov, AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari F.Mahkamov, IT-park direktori o‘rinbosari J.Rajabov, “Plug and Play Uzbekistan” boshqaruvchi direktori Feliks Lammer kirish so'zlari bilan ochib berishdi.

“Plug and Play Uzbekistan” ofisining ochilish marosimi doirasida mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida zamonaviy moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va sug‘urta texnologiyalari (InsurTech) mavzularida panel sessiyalari ham tashkil etildi; Plug and Play Uzbekistan akseleratsiya dasturida ishtirok etuvchi 16 ta startap loyihasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirning maxsus mehmoni Raiffeisen Bank Internationalning Strategik hamkorlik va ekotizimlar bo‘yicha menejeri Elma Sarik bo‘lib, u bank sohasida innovatsiyalarni joriy etish va boshqarish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Marosimda 300 dan ortiq mehmon ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: “Plug and Play” – startaplar, korporatsiyalar, venchur kapitali, universitetlar va davlat idoralarini birlashtirgan yetakchi innovatsion platformadir. Kompaniya bosh ofisi AQShnini Kaliforniya shtatidagi Silikon vodiysida joylashgan bo`lib, 5 qit'aning 50 dan ortiq shaharlarida faoliyat yuritadi.