Portfelimizdagi yangi startup

photo_2022-12-05_18-53-13

Aloqaventures investitsiya portfelidagi yangi startap loyiha – ProTok. ProTok elektro stansiyalarni ishlab chiqarish va ishga tushirish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqilgan mobil ilova orqali siz eng yaqin elektro stansiyani topib, uni bron qilishingiz mumkin.

ProTok nafaqat elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ishlab chiqarish, balki zaryadlash stansiyalarini kuzatib borish tizimiga ham egadir.ProTok eng qulay va ekologik toza xizmatni taklif qilib, elektromobil infratuzilmasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi.